Tarkibi: Na’matak, dorivor altey, qand lavlagi ildizi, yalpiz, dorixon romashkasi guli, issop, dorivor zanjabil, shuvoq, zubturum. Makro va mikroelementlarga boy, efir moylari va ekstraktlarni o‘z ichiga oladi. Farmakologik ta’siri: Antiseptik va bakteritsid xususiyatlarga ega. Mahsulot tabiiy o‘simliklardan tayyorlangan, shuning uchun organizm tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. Qo‘llanilishi:
Antiseptik va tinchlantiruvchi ta’sir
Quruq va nam yo‘tal paytida balg‘am ajralishini osonlashtiradi
Bronxit, traxeït va boshqa shamollash kasalliklarida
O‘tkir obstruktiv bronxitda
Allergik yo‘talga qarshi
Potensiyani oshirish uchun
Angina va og‘izdagi stomatitlarda
Vitamin yetishmovchiligida
Modda almashinuvi yaxshilanishi uchun
Qo‘llanilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar:
1–4 yoshli bolalar: 2,5 ml, kuniga 2–3 marta
4–10 yoshli bolalar: 3,0 ml, kuniga 2–3 marta
Kattalar: 5,0 ml, kuniga 2–3 marta
Ovqatdan 20–30 daqiqa oldin qabul qilish tavsiya etiladi. Davolash kursi: 10–30 kun. Takroriy kurs: 1–2 oy o‘tgach.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:
Homiladorlikning birinchi 3 oyida
Emizish davrida
O‘simlik ekstraktlariga individual sezuvchanlikda
Chiqarilish shakli: 100 ml hajmli shisha idishda. Maxsus ta’m va hidga ega. Saqlash sharoiti: Quruq, salqin va qorong‘i joyda saqlansin. Saqlash muddati: 2 yil Sizga mustahkam sog‘liq tilaymiz! Hurmat bilan, “CORALL PHARM” MChJ