Chiqarilish shakli: 30 ml, jigarrang flakonda Tarkibi: 1 ml tarkibida:
Simetikon — 66,66 mg
(30% emulsiya ko‘rinishida — 222,2 mg)
🔹 Qo‘llanish ko‘rsatmalari:Ichakda gaz yig‘ilishi va ortiqcha gaz (kolik, meteorizm, qorin to‘lishi hissi, aerofagiya, Remgeld sindromi)
Qorinning pastki va yuqori qismini tekshirish (rentgen, UZI, gastroskopiya) oldidan ko‘pik hosil bo‘lishining oldini olish uchun.
Ta’siri: Simetikon ichakdagi gaz pufakchalarini yo‘q qiladi, ularni chiqarishga yordam beradi. Ichak fermentlariga ta’sir qilmaydi, oziq moddalar yutilishiga xalaqit bermaydi. 🔹 Qabul qilish usuli:Ovqatdan keyin og‘iz orqali qabul qilinadi. Qo‘llashdan oldin flakonni yaxshilab chayqatish kerak. Dozalash uchun flakonni vertikal tutish zarur. Dozalari:
👶 2 yoshgacha: 8 tomchi (20 mg) — kuniga 4 marta
👧 2–6 yosh: 14 tomchi (35 mg) — kuniga 4 marta
👦👨 6 yoshdan katta va kattalar: 16 tomchi (40 mg) — kuniga 4 marta
Preparatni biroz qaynatilgan suv, bolalar ozuqasi yoki gazsiz suyuqlik bilan aralashtirib berish mumkin.
🔹 Qarshi ko‘rsatmalar:Preparat tarkibiga allergik sezuvchanlik.
🔹 Saqlash sharoiti:Salqin va yorug‘likdan himoyalangan joyda, +20°C dan oshmagan haroratda saqlansin. 🔒 Mahsulot sertifikatlangan