Sifat siyosati

Kirish
Corall Pharm LLC Kompaniyasi iste’molchilar va normative hujjat talablariga javob beradigan yuqori sifatli farmatsevtik mahsulotlarni ishlab chiqarishga intiladi. Bizning maqsadimiz - muntazam takomillashtirish va eng yuqori sifat standartlariga amal qilish orqali mahsulotlarimizning xavfsizligi, samaradorligi va ishonchliligini ta’minlashdir.
Sifatni ta’minlash maqsadlari
  1. Mijozlar ehtiyozini qondirish: Mijozlarning talablarini qondirish yoki ulardan oshib ketish orqali mijozlarning yuqori darajadagi ehtiyojiniqoniqishiga erishish va saqlab qolish.
  2. Normativ talablarga rioya qilish: Barcha mahsulotlarning amaldagi me’yoriy talablar va standartlarga muvofiqligini ta’minlash.
  3. Uzluksiz takomillashtirish: Faoliyatimizning barcha jabhalarida doimiy takomillashtirish madaniyatini rivojlantirish.
  4. Xodimlarning vakolatlari: Barcha xodimlar o’z vazifalarini samarali bajarishlari uchun malaka va ko’nikmaga ega bo’lishlarini ta’minlash.
  5. Xatarlarni boshqarish: Mahsulot sifati va Sifat menejmenti tizimining (SMT) samaradorligiga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan xavflarni aniqlash va minimallashtirish.
Muayyan mahsulotlar uchun sifat majburiyatlari
1.Siroplar
Sifat ko’rsatkichlari: Cho’kma mavjud emas, betakror ta'm va hidga ega, yorliq va ko'rsatmalar bilan to'liq qoplangan qadoq.
Sifat nazorati bo’yicha chora-tadbirlar: Cho'kindilar mavjudligini muntazam tekshirish, ta'm va hidni sensorli baholash, shuningdek qadoqning butunligini tekshirish.
2. Tabletkalar
Sifat ko’rsatkichlari: Silliq yuza, normal erish vaqti, yo’riqnomaga muvofiq aniq qadoqlash.
Sifat nazorati bo’yicha chora-tadbirlar: Yuza silliqligini tekshirish, eritish uchun sinovdan o’tkazish va qadoqlash aniqligini tekshirish.
3. Suppozitorialar – shamchalar
Sifat ko’rsatkichlari: Erish harorati 30-34°C, bir xil ranglar, qadoqda qoldiqlar mavjud emas, yo’riqnoma bilan qadoqlangan.
Sifat nazorati bo’yicha chora-tadbirlar: Erish haroratini aniqlash, ranglarning bir xilligini vizual tekshirish va qadoqni tekshirish.
4. Poroshok kukunlari
Sifat ko’rsatkichlari: Zarrachalarning bir xil o’lchami, sochiluvchanlik, aniq dozalash.
Sifat nazorati bo’yicha chora-tadbirlar: Zarrachalar hajmini tahlil qilish, sochiluvchanlik va dozaning aniqligini tekshirish.
5. Ampulalar
Sifat ko’rsatkichlari: Sterillik, eritmaning shaffofligi, aniq hajmi.
Sifat nazorati bo’yicha chora-tadbirlar: Sterillikni tekshirish, shaffoflikni vizual ko’zdan kechirish va hajmni tekshirish.
6. Kapsulalar
Sifat ko’rsatkichlari: To'ldiruvchining bir xil massasi, kapsula qobig'ining butunligi, bejirim markalash.
Sifat nazorati bo’yicha chora-tadbirlar: Massaning bir xilligini tekshirish, qobiq butunligi va markalash aniqligini tekshirish.
Sifat menejmenti tizimi (SMT)
Bizning sifat menejmenti tizimimiz ISO 9001:2015 talablariga muvofiq ishlab chiqilgan va quyidagi asosiy elementlarni o'z ichiga oladi:
1. Rahbariyat va majburiyat
Yuqori rahbariyat sifat sohasida siyosat va maqsadlarni ishlab chiqish va kompaniyaning strategik yo'nalishiga mos kelishini ta'minlash orqali SMT – Sifat menejmenti tizimiga yetakchilik va sadoqatni namoyish etadi.
2. Rejalashtirish
Biz xavf-xatar va imkoniyatlarni hisobga olgan holda SMT – Sifat menejmenti tizimini rejalashtiramiz, sifat sohasida maqsadlarni belgilaymiz va SMT – Sifat menejmenti tizimining yaxlitligini ta'minlash uchun o'zgarishlarni rejalashtiramiz.
3. Qo’llab-quvvatlash
Biz SMT – Sifat menejmenti tizimining  samarali ishlashini ta'minlash uchun zarur resurslarni, jumladan, malakali xodimlar, infratuzilma va mos keluvchi ish muhitini taqdim etamiz.
4. Ishlash prinsipi
Bizning ishlab chiqarish jarayoni siroplar, tabletkalar, suppozitoriya – shamchlar, poroshok kukunlari, ampula va kapsulalar ishlab chiqarishni o'z ichiga oladi. Har bir turdagi mahsulot ma'lum sifat xususiyatlariga ega bo'lib, ular kuzatiladi va nazorat qilinadi.
5. Faoliyat sifatini baholash
Biz sifat menejmenti tizimimizning samaradorligini ichki auditlar, mijozlarning fikr-mulohazalari va rahbariyat tomonidan tekshiruvlar orqali kuzatib boramiz, o'lchaymiz, tahlil qilamiz va baholaymiz.
6. Yaxshilash
Biz nomuvofiqliklarni bartaraf etish, kamchiliklarni tuzatish bo’yicha chora-tadbirlarni joriy etish va yaxshilash uchun imkoniyatlarini aniqlash orqali sifat menejmenti tizimimizni doimiy ravishda takomillashtirishga intilamiz.
Sifatga e'tibor qaratish
Corall Pharm kampaniyasi o'zining barcha mahsulotlari va jarayonlarida eng yuqori sifat standartlarini saqlashga intiladi. Biz mijozlarimiz bilan ularning ehtiyojlari va talablariga javob beradigan mahsulotlarni doimiy ravishda yetkazib berish orqali uzoq muddatli munosabatlarni o'rnatishga intilamiz.
2024 yil 1 noyabrdan amal qiladi.

Shavkatbek Sadikov
CORALL PHARM Bosh direktori
All rights are reserved. © 2017 Corall Pharm LCC.
Made on
Tilda